12 may 09:05
Yangiliklar
Voleybol
Voleybol. Ayollar o'rtasida O'zbekiston chempionatining yakuniy turi start oldi
Kecha Toshkent shahrida voleybol bo'yicha O'zbekiston XXV milliy chempionatining yakuniy to'rtinchi turi boshlandi.
Musobaqada oltita jamoa ishtirok etmoqda. Sovrinli o'rinlar uchun SKIF, NDPI, Andijon, Jizzax, Xorazm va «Bulung'ur» jamoalari kurash olib bormoqda.
Uchinchi turdan so'ng CHirchiqning SKIF jamoasi 43 ochko to'plagan holda peshqadamlik qilmoqda. Undan keyingi o'rinni 34 ochko jamg'argan Nukusning NDPI jamoasi band etgan. «Andijon» esa 24 ochko bilan uchinchi o'rinni egallab turibdi.
Bellashuvlar 15 may kuniga qadar davom etadi. Aynan o'sha kuni ayollar o'rtasida O'zbekistonning yangi chempioni nomi malum bo'ladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar