11 dek 10:19
Yangiliklar
Voleybol
Voleybol. Birinchi turdan so'ng "Orient" peshqadam
Xabar berib o'tganimizdek, Qo'qon shahrida voleybol bo'yicha erkaklar o'rtasida O'zbekiston XXVII Milliy chempionatining birinchi turi o'tkazildi
Yangi mavsumning birinchi turida 7 ta jamoa sovrinli o'rinlar uchun kurashga kirishdi.
Ortda qolgan 6 ta o'yin yakuniga ko'ra, Toshkent shahrining "Orient" jamoasi barcha o'yinda g'alaba qozondi va 18 ochko jamg'ardi. Olmaliqning AGMK klubi voleybolchilari hisobida 15 ochko mavjud. Farg'onaning "Yoshlik" jamoasi sportchilari esa 9 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasashdi.
Birinchi tur yakuniga ko'ra jamoalar to'plagan ochkolar:
1) "Orient" (Toshkent) - 18
2) AGMK (Olmaliq) - 15
3) "Yoshlik" (Farg'ona) - 9
4) "So'g'diyona" (Navoiy) - 8
5) "Milliy Gvardiya" (Toshkent) - 7
6) QDPU (Qo'qon) - 5
7) "Buxoro" (Buxoro) - 1.
Ikkinchi tur o'yinlari yanvar oyida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar