03 dek 17:46
Yangiliklar
Voleybol
Voleybol bo'yicha O'zbekiston chempionati start oldi
Qo'qon shahrida voleybol bo'yicha erkaklar o'rtasida O'zbekiston XXVII chempionatining birinchi turi boshlandi.
Kecha chempionatning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Bahslarda "Orient", OTMK, "So'g'diyona", "Yoshlik", "Buxoro", "Milliy Gvardiya" va QDPI jamoalari sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bormoqda.
Musobaqa 7 dekabrga qadar davom etadi. Bellashuvlar Qo'qon shahridagi 2-sonli bolalar va o'smirlar sport maktabining zalida o'tkazilmoqda.

Havola :
Manba : olympic.uz
O’xshash yangiliklar
09:35
Voleybol bo'yicha O'zbekiston U18 qizlar terma jamoasi ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadi! 0
Fikrlar