27 mar 14:20
Yangiliklar
Voleybol
![](/upload/storage/35946_220.jpg)
Voleybol bo'yicha O'zbekiston chempionatining uchinchi tur bahslari start oldi
Bugun Samarqandda voleybol bo'yicha erkaklar o'rtasida O'zbekiston oliy ligasi XXVI milliy chempionatining uchinchi tur bahslari boshlandi.
31 mart kuniga qadar davom etadigan bellashuvlarda beshta jamoa o'z omadini sinab ko'radi. Bahslarda "Orient Finans Bank" (Toshkent), OTMK (Olmaliq), Yoshlik (Farg'ona), "So'g'diyona NTMK" (Navoiy) hamda "O'zbektelekom" (Samarqand) jamoalari kurash olib bormoqdalar.
Uchinchi tur oldidan poytaxtning "Orient Finans Bank" jamoasi hozircha peshqadam bo'lib turibdi.
Malumot uchun, O'zbekiston chempionati to'rt turdan iborat bo'lib, keyingi tur o'yinlariga Farg'ona viloyati mezbonlik qiladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar