So’nggi yangiliklar

19:05"Махачевнинг ижтимоий тармоғини юритадиган одам ёлғон гапиришни бас қилиши керак" - менежер 0 18:39Касадо "Барселона"дан кетиш ниятида 0 18:18"Махачевдан кейин мен бу спортни назоратга оламан" - Царукян 0 17:40Дана Уайт Махачевнинг гапларини рад этди 0 17:17Пакьяо Мейвезер билан реваншдан нималар кутаётганини айтди 0 16:40Файзуллаев ва бошқалар. Пролигада 1-турнинг энг яхшилари аниқланди 0 16:14Чимаев энг ақлли жангчи кимлиги ҳақидаги саволга жавоб берди — бу Жон Жонс эмас 0 15:39World Taekwondo Президенти Чунгвон Чои ЖЧ муносабати билан Ўзбекистонга келди 0 15:15Царукян нега ижтимоий тармоқларда фаоллашганини тушунтирди 0 14:42"Атлетико" 20 йиллик ноҳуш анаънага чек қўйди 0 14:14"Хамзат Стриклендни уч раунд ичида нокаут қилади" - мураббий 0 13:42Халқаро гимнастика федерацияси президенти Моринари Ватанабе Тошкентга келди 0 13:20Уайт Оқ уйдаги турнир қандай ҳолатда тўхтатилиши мумкинлигини айтди 0 12:58Осиё кубоги. Қизларимиз тарихий натижа қайд этишди 0 12:36Аёллар терма жамоамиз Осиё чемпионатини 5 та медаль билан якунлади 0

24 fev 12:17
Yangiliklar

Voleybol

Voleybol. Erkaklar. O'zbekiston chempionatida ikkinchi kungi natijalar

Teglar :  Voleybol
Xabar berib o'tganimizdek, Marg'ilon shahrida voleybol bo'yicha XXVIII O'zbekiston chempionati o'zining qizg'in pallasiga toboro etib bormoqda.

U erda  I tur doirasidagi ikkinchi kungi uchrashuvlar tashkillashtirildi. Samarqandning "Aloqachi" klubi  3:0 hisobida "NamDU"dan ustun keldi. Birinchi kuni Ular "Farg'ona" jamoasini ham shu hisobda mag'lubiyatga uchratishgan edi. Kunning ikkinchi uchrashuvida amaldagi chempion  Toshkentning "Orient" jamoasi "Farg'ona" klubidan  3:2 hisobida ustun keldi.

SHunday qilib, I tur doirasidan o'rin olgan ikkinchi kungi o'yinlardan so'ng, Samarqandning "Aloqachi" jamoasi yuz foizlik natijasi evaziga jadvalning yuqorisidan joy oldi. "AGMK" esa bitta g'alaba bilan 2-o'rinda turibdi. "Orient" klubi o'zining ilk uchrashuvida qiyin g'alabani qo'lga kiritdi hamda o'z hisobiga muhim 2 ochkoni qo'shib qo'ydi. "Farg'ona" klubi esa 1 ochkolik bo'lib oldi.  "NamDU" klubi hozircha oxirgi o'rindan joy olishgan.

Musobaqa reglamentiga ko'ra, jamoalar 5 partiyalik uchrashuvda 3:2 yoki 2:3 hisoblaridan birida zafar quchsa, g'olib tomonga 2 ochko, mag'lubiyatga uchragan klubga 1 ochko taqdim etiladi.

SHu o'rinda, turnir jadvalining hozirgi holati bilan sizlarni tanishtirsak.

"A" guruxi.

1."Aloqachi" 2 o'yin 6 ochko

2."AGMK"    1 o'yin  3 ochko

3."Orient" 1 o'yin  2 ochko

4."Farg'ona"  2 o'yin 1 ochko

5."NamDU"  2 o'yin   0 ochko

Ilyosbek Mahmudov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing