31 jan 17:06
Yangiliklar
Voleybol. Ikkinchi turdan so'ng AGMK peshqadamlikni qo'lga oldi
Bir hafta davom etgan bahslar bugun yakunlandi. 7 ta jamoa ishtirok etgan ikkinchi tur uchrashuvlaridan so'ng AGMK jamoasi birinchi o'ringa ko'tarilib oldi.
Olmaliqliklar o'z hisoblaridagi ochkolar sonini 33 taga etkazib, etakchilikni qo'lga oldilar. Birinchi turni peshqadam sifatida yakunlagan "Orient" esa 32 ochko bilan ikkinchi o'ringa tushdi. "Milliy Gvardiya" jamoasi Buxorodagi bahslarni yaxshi o'tkazdi va ochkolari sonini 17 taga etkazib, kuchli uchlikka kirib oldi.
Ikkinchi tur yakuniga ko'ra jamoalar to'plagan ochkolar:
1) AGMK (Olmaliq) - 33
2) "Orient" (Toshkent) - 32
3) "Milliy Gvardiya" (Toshkent) - 17
4) "Yoshlik" (Farg'ona) - 16
5) "So'g'diyona" (Navoiy) - 15
6) "Buxoro" (Buxoro) - 8
7) QDPI (Qo'qon) - 5.
Fikrlar