04 apr 09:15
Yangiliklar
Voleybol. "Orient" peshqadamlikni mustahkamladi
Qizg'in va murosasiz kechgan uchrashuvlar yakuniga ko'ra poytaxtning "Orient" jamoasi o'z ochkolari sonini 35taga etkazib oldi va peshqadamligini yanada mustahkamladi. Ikkinchi o'rinni 25 ochko to'plagan Olmaliqning OTMK jamoasi egallab turibdi. Kuchli uchlikka 11 ochko jamg'argan Navoiy viloyatining "So'g'diyona" jamoasi yakun yasagan. "Yoshlik" (10 ochko) va "O'zbektelekom" (9 ochko) jamoalari mos ravishda to'rtinchi va beshinchi o'rinni band etganlar.
Uchinchi turda quyidagi natijalar qayd etildi:
"Orient" - OTMK 3:1
"So'g'diyona" - "Yoshlik" 3:0
OTMK - "Yoshlik" 3:1
"Orient" - "So'g'diyona" 3:0
"Yoshlik" - "O'zbektelekom" - 3:0
OTMK - "O'zbektelekom" 3:0
"Orient" - Yoshlik" 3:0
"So'g'diyona" - "O'zbektelekom" 1:3
OTMK - "So'g'diyona" - 3:2
"Orient" - "O'zbektelekom" 3:0
SHuningdek, Jizzax shahrida 1999-2001 yillarda tug'ilgan qizlar o'rtasida VII O'zbekiston chempionatining ikkinchi tur bahslari start oldi. Mazkur bellashuvlar ettinchi aprelgacha davom etadi.
Fikrlar