28 mar 13:14
Yangiliklar
Voleybol. O'smirlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida ikkinchi tur yakunlandi
Sakkizta jamoa ishtirok etayotgan musobaqada ikkinchi tur yakunlariga ko'ra Navoiy jamoasi 32 ochko to'plab peshqadam bo'lib turibdi. Ikkinchi pog'onada 29 ochko jamg'argan Farg'ona viloyati jamoasi ketmoqda. Uchinchi o'rindagi Andijon viloyati sportchilari hisobida 25 ochko mavjud. To'rtinchi pog'onada joylashgan qoraqalpog'istonlik voleybolchilar ham 25 ochko to'plaganlar.
Endi 5-9 may kunlari Farg'ona viloyatida yakuniy uchinchi tur bellashuvlari tashkil qilinadi. Aynan o'sha kunlari 1999-2001 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasidagi ettinchi O'zbekiston chempionatining g'olib va sovrindorlari malum bo'ladi.
SHu yosh toifasida qizlar o'rtasidagi bellashuvlar esa 2-7 aprel kunlari Jizzax viloyatida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, kecha Samarqandda kattalar o'rtasidagi O'zbekiston oliy ligasi XXVI milliy chempionatida uchinchi tur bahslariga start berilgandi.
Fikrlar