20 avg 22:08
Yangiliklar
Voleybol
Voleybol. O'zbekiston ketma-ket ikkita g'alabaga erishib, muddatidan oldin yarim finalga yo'l oldi
Nepalning Katmandu shahrida ushbu sport turi bo'yicha janubiy va Markaziy Osiyo chempionati davom etmoqda.
Musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azolari ham ishtirok etayotganliklari haqida avvalroq xabar bergandik.
O'zbekiston voleybol federaciyasidan Olamsport.com saytiga malum qilishlaricha, yigitlarimiz birinchi o'yinda Bangladesh terma jamoasiga qarshi o'yin o'tkazib, 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Bugun esa musobaqaning amaldagi g'olibi Turkmaniston terma jamoasiga qarshi o'yin o'tkazildi va unda ham terma jamoamiz 3:0 hisobida zafar quchdi. Hamyurtlarimiz ertaga Afg'oniston terma jamoasiga qarshi bahs yuritadilar.
SHu tariqa, vakillarimiz muddatidan oldin yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
09:35
Voleybol bo'yicha O'zbekiston U18 qizlar terma jamoasi ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadi! 0
Fikrlar