So’nggi yangiliklar

20:31MMA оламининг Макгрегор - Холлоуэй жангига муносабати: "Конор Конорни мағлуб этди" 0 19:53Фабио Каннаваро Ўзбекистон миллий терма жамоасидаги фаолиятини давом эттирадими? 0 19:05Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг UFC 329 турнирдаги мағлубиятини изоҳлади 0 18:39Макс Холлоуэй Макгрегор билан жанг вақтида реваншни тўхтатишни сўраган экан 0 18:14"Мени устимдан куляпсизларми?" Дана Уайт UFC 329 даги ноқулай ҳолатга изоҳ берди 0 17:47Инфантино Жаҳон чемпионати иштирокчиларини янада кўпайтириш эҳтимолини истисно қилмади 0 17:17Макс Холлоуэй UFC тарихида бундай натижани қайд этган 20-спортчига айланди 0 16:43UFC ҳавас қиладиган кардни жамлаган RAF турнирининг барча натижалари 0 16:16Макгрегор тилга кирди ва ғалати мағлубияти сабабини айтди 0 15:48Рафинья “Ал Ҳилол”га йўл оладими? 0 15:15Жастин Гэтжи фаолиятини якунлаш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:49Конор сўнгги бешта жангида тўртинчи марта мағлуб бўлди 0 14:13Жонбиби Ҳукмова Осиё чемпионатида иккинчи олтин медалини қўлга киритди 0 13:46Месси реферига эътироз билдирди: "Ҳурматсизлик қилманг!” 0 13:18Ярим финалга энг кўп қайси давлат терма жамоаси боксчилари етиб келди? 0

16 fev 18:05
Yangiliklar

Voleybol

Voleybol: O'zDJTSU qizlari O'zbekiston kubogini qo'lga kiritdi

Teglar :  Voleybol
Jizzax shahrida voleybol bo'yicha ayollar o'rtasida XXII O'zbekiston kubogi musobaqasi o'tkazildi.

Bu yilgi musobaqada 11ta jamoa ikki guruhga bo'lingan holda g'oliblik uchun bahslarga kirishgan edi.

Qizg'in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko'ra ikkita oliygoh talabalari o'z guruhlarida g'oliblikni qo'lga kiritishdi. “A” guruhida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining SKUF jamoasi barcha o'yinlarda 3-0 hisobida ishonchli g'alabaga erishgan bo'lsa, “B” guruhida Nukus davlat pedagogika instituti talabalari ham barcha o'yinlarni o'z foydasiga hal qilishdi. Faqat, ular kutilmaganda guruh autsayderlaridan biri “Ishonch” (Farg'ona) jamoasiga qarshi o'yinda ikkita partiyani boy berishdi, biroq yakunda baribir 3-2 hisobida g'alabani ilib ketishdi.

O'z guruhlarida 2-o'rinni qo'lga kiritgan “To'maris” (Namangan) hamda “Andijon” jamoalari o'rtasida 3-o'rin uchun kechgan bahsda namanganlik qizlar 25:20, 25:18 va 25:15 hisoblarida imkoniyatni boy berishdi.

Final o'yinida ham yirik hisob qayd etildi: SKUF qizlari nukuslik dugonalarini 25:21, 25:13 va 25:17 hisoblarida ishonch bilan mag'lub etishdi.

Musobaqa yakunida g'oliblar medal, diplom va kubok bilan taqdirlanishdi.

Bugun Farg'ona shahrida erkaklar o'rtasida O'zbekiston kubogi musobaqalari ham o'z yakuniga etadi.

 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing