So’nggi yangiliklar

15:24Дана Уайт: "Жонс билан бизнес қилиб бўлмайди, лекин..." 0 15:01"Реал" Лунин билан боғлиқ муаммолардан сўнг янги дарвозабон ҳақида ўйлаб қолди 0 14:38Арсланбек Махмудов — Тайсон Фьюри жангидан сўнг: "Менимча дуранг эди" 0 14:16Жон Жонс: "Фаолиятимни якунлаганимга ишончим комил эмас" 0 13:52Дана Уайт Чимаев — Стрикленд жангидан олдин қандай хавфсизлик чораларини кўришини очиқлади 0 13:29Ямаль "Барселона" раҳбариятига таклиф билан чиқди 0 13:08Мирра Андреева мавсумдаги иккинчи WTA 500 турнири бош совринига эга чиқди 0 12:47Фьюри агар Жошуага қарши жанг ўтказилмаса, яна кетиш билан таҳдид қилди 0 12:26UFC Оқ уйдаги байрам турнирининг расмий постерини намойиш этди + ФОТО 0 12:05Суперлига. Бугун 7-тур давом эттирилади 0 11:44Белал Муҳаммад: "Чимаев ва Коста UFC камари учун жанг қилади" 0 11:23Даниэль Кормье: "Қандай қилиб бир оёқда чемпионликни қўлга киритиш мумкин?" 0 11:02Азамат Мурзакановга илк мағлубиятни тақдим этган Пауло Коста узр сўради 0 10:41Италияда ҳали ҳам ЖЧ-2026`га бориш имконияти бор экан 0 10:20Монте-Карло "Мастерс" бош соврини ва миллион доллар кимга насиб этди? 0

13 fev 12:36
Yangiliklar

Voleybol

Voleybol. Qizlar o'rtasida “Barkamol avlod” sport musobaqasi g'olibi aniqlandi + FOTO

Xorazmda voleybol bo'yicha qizlar o'rtasida “Barkamol avlod” sport musobaqalarining respublika final bosqichi bo'lib o'tdi.

Musobaqada hududiy bosqichlarda g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalar respublikada qaysi jamoa eng kuchli ekanliklarini isbotlash uchun parketga chiqishdi.

Kecha o'tkazilgan final bahsida mezbon Xorazm viloyati jamoasi vodiyning Farg'ona viloyati jamoasiga qarshi bahs olib borishdi. Keskin kurashlar ostida o'tgan bahsda farg'onalik qizlar chempionlikni o'zlariniki qilishdi.

Respublika final bosqichining 3-o'rini Sirdaryo viloyati jamoasi qizlariga nasib etdi. SHu bilan voleybol bo'yicha qizlar o'rtasida o'tkazilgan musobaqa yakunlandi.

Malumot uchun, ushbu sport turi bo'yicha o'g'il bolalar o'rtasida “Barkamol avlod” sport musobaqalarining respublika final bosqichi Toshkent shahrida o'tkaziladi. Musobaqaga 17-fevral kuni start berilishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, 2021-yilning dekabr oyidan boshlab “Barkamol avlod” sport o'yinlarining respublika final bosqichiga start berilgan edi.

Ortda qolgan vaqt davomida “Barkamol avlod” sport o'yinlari dasturidan o'rin olgan 4 ta sport turi bo'yicha 4 ta musobaqa o'tkazildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing