So’nggi yangiliklar

20:31MMA оламининг Макгрегор - Холлоуэй жангига муносабати: "Конор Конорни мағлуб этди" 0 19:53Фабио Каннаваро Ўзбекистон миллий терма жамоасидаги фаолиятини давом эттирадими? 0 19:05Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг UFC 329 турнирдаги мағлубиятини изоҳлади 0 18:39Макс Холлоуэй Макгрегор билан жанг вақтида реваншни тўхтатишни сўраган экан 0 18:14"Мени устимдан куляпсизларми?" Дана Уайт UFC 329 даги ноқулай ҳолатга изоҳ берди 0 17:47Инфантино Жаҳон чемпионати иштирокчиларини янада кўпайтириш эҳтимолини истисно қилмади 0 17:17Макс Холлоуэй UFC тарихида бундай натижани қайд этган 20-спортчига айланди 0 16:43UFC ҳавас қиладиган кардни жамлаган RAF турнирининг барча натижалари 0 16:16Макгрегор тилга кирди ва ғалати мағлубияти сабабини айтди 0 15:48Рафинья “Ал Ҳилол”га йўл оладими? 0 15:15Жастин Гэтжи фаолиятини якунлаш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:49Конор сўнгги бешта жангида тўртинчи марта мағлуб бўлди 0 14:13Жонбиби Ҳукмова Осиё чемпионатида иккинчи олтин медалини қўлга киритди 0 13:46Месси реферига эътироз билдирди: "Ҳурматсизлик қилманг!” 0 13:18Ярим финалга энг кўп қайси давлат терма жамоаси боксчилари етиб келди? 0

01 mar 17:10
Yangiliklar

Voleybol

Voleybol "sahnasi"da mahalla xotin-qizlari + FOTO

Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida xotin-qizlar o'rtasida voleybol bo'yicha "Prokuror kubogi" bo'lib o'tdi.

Yangibozor tuman prokuraturasi, Xorazm viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi, tuman birinchi va ikkinchi sonli sport maktbalari hamkorligida tashkil etilgan mazkur musobaqada tumandagi 10 ta mahalladan 80 nafardan ziyod xotin-qizlar ishtirok etishdi. 

Murosasiz va ko'taringki ruhda o'tgan bellashuvlarda birinchi o'rinni "Xalqobod" mahalla fuqarolar yig'ini jamoasi qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rinni "Qoratepa" MFY jamoasi egallagan bo'lsa, uchinchi o'rin "Yangiobod" MFY jamoasiga nasib etdi. 

Musobaqa yakunida kuchli uchlikdan joy olgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlanishdi.

- Viloyat Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi, Yangibozor tuman prokuraturasi, tumandagi sport maktablari va boshqa masul tashkilotlar hamkorligidagi mazkur musobaqa mahallalarda istiqomat qilayotgan xotin-qizlar o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashishiga xizmat qiladi, - deydi belbog'li kurash bo'yicha xalqaro toifadagi hakam, Yangibozor tuman 2-sonli sport maktabining ommaviy sportni rivojlantirish va selekciya ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Bekbergan Baltaev. - Bu kabi ommaviy sport bellashuvlari nafaqat sog'lom turmush tarzini targ'ib qiladi balki sportda iqtidori yuqori yoshlarni saralashga ham xizmat qiladi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing