So’nggi yangiliklar

20:31MMA оламининг Макгрегор - Холлоуэй жангига муносабати: "Конор Конорни мағлуб этди" 0 19:53Фабио Каннаваро Ўзбекистон миллий терма жамоасидаги фаолиятини давом эттирадими? 0 19:05Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг UFC 329 турнирдаги мағлубиятини изоҳлади 0 18:39Макс Холлоуэй Макгрегор билан жанг вақтида реваншни тўхтатишни сўраган экан 0 18:14"Мени устимдан куляпсизларми?" Дана Уайт UFC 329 даги ноқулай ҳолатга изоҳ берди 0 17:47Инфантино Жаҳон чемпионати иштирокчиларини янада кўпайтириш эҳтимолини истисно қилмади 0 17:17Макс Холлоуэй UFC тарихида бундай натижани қайд этган 20-спортчига айланди 0 16:43UFC ҳавас қиладиган кардни жамлаган RAF турнирининг барча натижалари 0 16:16Макгрегор тилга кирди ва ғалати мағлубияти сабабини айтди 0 15:48Рафинья “Ал Ҳилол”га йўл оладими? 0 15:15Жастин Гэтжи фаолиятини якунлаш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:49Конор сўнгги бешта жангида тўртинчи марта мағлуб бўлди 0 14:13Жонбиби Ҳукмова Осиё чемпионатида иккинчи олтин медалини қўлга киритди 0 13:46Месси реферига эътироз билдирди: "Ҳурматсизлик қилманг!” 0 13:18Ярим финалга энг кўп қайси давлат терма жамоаси боксчилари етиб келди? 0

13 noy 21:11
Yangiliklar

Voleybol

Voleybol: Samarqandda O'zbekiston kubogi bo'lib o'tmoqda

SHu kunlarda Samarqand shahridagi Samarqand davlat universiteti sport zalida voleybol bo'yicha erkaklar o'rtasida XXVI O'zbekiston kubogi musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Mazkur musobaqaning tantanali ochilish marosimida Respublika voleybol federaciyasi ijrochi direktori F.Alimov, Samarqand viloyati hokimi o'rinbosari R.Qobilov ushbu sport turining yanada ommalashayotgani va kuchli jamoalar safi kengayotganini takidlab o'tishdi. SHuningdek, bu galgi musobaqada ilk bor respublikamizning 13 ta viloyatining jamoalari maydonda o'z mahoratlarini sinovdan o'tkazayotganini etirof etib o'tishdi.

O'zbekiston kubogida jamoalar 4 guruhga bo'lingan holda bahsga kirishdi. “A” guruhidagi bahslarda Buxoro viloyatining “Buxoro” jamoasi Jizzax davlat pedagogika institutining “JizDPI” jamoasi ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozondi. SHuningdek, jizzaxliklar ushbu guruhda o'yin olib borib, Toshkent shahrining “Orient” jamoasiga ham yutqazib qo'ydi.

“V” guruhida o'ynagan “Andijon” jamoasi “Navoiy olimp” jamoasiga 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi. “S” guruhida bellashgan Samarqandning “Aloqa” jamoasi voleybolchilari “Sirdaryo” jamoasini 3:0 hisobida engdi. “D” guruhida yana bir samarqandliklarning “SamDU” jamoasi Farg'ona davlat universitetining “Yoshlik” jamoasini 3:2 hisobida mag'lub etdi. Farg'ona viloyatining “Qo'qon” jamoasi esa Navoiy viloyatining “Sug'diyona” jamoasiga yutqazdi.

Eslatib o'tamiz, mazkur musobaqa 17 noyabrga qadar davom etadi. Yakunda turnir g'olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan kubok, diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing