07 iyu 09:17
Yangiliklar
Voleybol
Voleybol. Toshkent viloyatida O'zbekiston chempionati start oldi
Toshkent viloyatining Parkent tumanida joylashgan Kumushkon oromgohida voleybol bo'yicha 2004-2005 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatiga start berildi.
Kecha musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda Milliy olimpiya qo'mitasi mutasaddilari, O'zbekiston voleybol federaciyasi xodimlari ham ishtirok etishdi. Tantanali marosimda yakkakurash sport turlari bo'yicha ko'rgazmali chiqishlar ham tashkil qilindi.
Malumot uchun, 13 iyulga qadar o'tkaziladigan mamlakat chempionatining o'g'il bolalar o'rtasidagi bahslarida ham, qizlar o'rtasidagi bellashuvlarida ham 13tadan jamoa ishtirok etmoqda.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar