17 dek 15:30
Yangiliklar
Voleybol. Xorazmda ayollar o'rtasida O'zbekiston chempionatining birinchi turi yakunlandi
Musobaqada 8 ta jamoa ishtirok etdi. Bahslarda SKUF, JDPI, "Xorazm", "Yangiqo'rg'on", "Guliston VK", NDPI, "Buxoro" hamda SamDU jamoalari qatnashdi.
Birinchi tur yakunlariga ko'ra Toshkent viloyatining SKUF jamoasi etakchiga aylanib oldi. Ikkinchi o'rindan Nukusning NDPI jamoasi joy olgan bo'lsa, kuchli uchlikka Namanganning "Yangiqo'rg'on" jamoasi yakun yasadi.
Birinchi turdan so'ng jamoalar to'plagan ochkolar:
1) CKUF (Toshkent viloyati) - 12
2) NDPI (Nukus) - 9
3) "Yangiqo'rg'on" (Namangan) - 9
4) JDPI (Jizzax) - 6
5) "Xorazm" (Xorazm) - 6
6) "Buxoro" (Buxoro) - 3
7) "Guliston VK" (Sirdaryo) - 3
8) SamDU (Samarqand) - 0.
Eslatib o'tamiz, bungacha Qo'qon shahrida erkaklar o'rtasida O'zbekiston chempionatining birinchi turi o'tkazilgan va unda poytaxtning "Orient" jamoasi etakchilik qilgandi.
Fikrlar