17 iyu 20:42
Yangiliklar
Voleybol
Voleybolchilarimiz xalqaro musobaqada
Voleybol bo'yicha O'zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari navbatdagi xalqaro musobaqalarda ishtirokini boshladi.
Qizlarimiz Indoneziyada to'rtinchi bor tashkil etilayotgan “AVC Challenge Cup” turnirida qatnashayotgan bo'lsalar, yigitlarimiz Qirg'izistonda Markaziy Osiyo Millatlar ligasi turnirida o'z omadlarini sinab ko'rishmoqda.
Bugun jamoalarimiz musobaqa doirasidagi ilk uchrashuvlarini o'tkazishadi. Qizlarimiz «D» guruhida Vetnam va Mo'g'uliston termalari bilan bir guruhdan o'rin olgan. Yigitlarimiz esa aylana tizimida o'tadigan turnirda Qirg'izistonning ikki jamoasi, shuningdek, Mo'g'uliston, Nepal, Eron, Turkmaniston termalari bilan kuch sinashishadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
O’xshash yangiliklar
09:35
Voleybol bo'yicha O'zbekiston U18 qizlar terma jamoasi ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadi! 0
Fikrlar