14 mar 10:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Volkov Londondagi UFC Fight Night 204 turnirida ishtirok etadi + FOTO
Og'ir vazn toifasida rossiyalik UFC jangchisi Aleksandr Volkov London shahriga etib bordi.
Volkov Londonga eson-omon etib borgan va endi bir haftadan so'ng britaniyalik Tom Aspinall bilan jang o'tkazadi.
"SHu erda!", - deb yozgan Aleksandr ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga Grinvich universiteti fonida tushgan suratini joylab.
Bir hafta oldin Dana Uayt Londonda bo'lib o'tadigan turnirda Volkovning jangini saqlab qolish uchun tashkilot qo'ldan kelgan barcha ishni amalga oshirishiga vada bergan edi. Mabodo, siyosiy jarayon tufayli vaziyat izdan chiqsa, uning o'rniga zaxira varianti ham tayyor ekanligini aytgandi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar