01 avg 16:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Vu CHing Kuo AIBA prezidenti lavozimida qolishiga ishonyapti
Xalqaro havaskor bokschilar associaciyasi (AIBA) prezidenti Vu CHing Kuo tashkilot rahbari lavozimida qolishiga ishonyapti.
24-25 iyul kunlari Rossiyaning Moskva shahrida bo'lib o'tigan AIBA Ijroqo'm yig'ilishida ijroiya qo'mitasining bir yo'la 13 nafar azosi Vu CHing Kuoga ishonmasligi va unga o'z xohishiga ko'ra prezidentlikdan ketishni talab qilishgandi.
Lekin janob Vu o'z postidan ketmoqchi emas. Natijada tashkilotning Lozannadagi shtab-kvartirasining faoliyati vaqtinchalik to'xtatib qo'yilgandi.
“Men hamon AIBA rahbariman va menda prezidentlik vakolati saqlanib qolmoqda. Meni prezident sifatida AIBA kongressi saylagan. Va aynan kongress meni ishdan olishi mumkin. SHu narsani Ijroqo'm azolariga tushuntira olmayapman”, - dedi AIBA prezidenti.
Havola :
Manba : ТАСС
Fikrlar