11 iyu 15:18
Yangiliklar

W15 Tashkent 2. Abduraimova uchtalik matchboldan chiqib ketdi
Biroz avval yakuniga etgan 1/16 final uchrashuvida Nigina Abduraimova ajoyib kambekni amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi. Hamyurtimiz belaruslik Darya Xomucyanskayaga qarshi kechgan 2 soatu 46 daqiqalik uch setdan iborat uchrashuvda uchtalik matchboldan chiqib ketdi - 7/5, 2/6, 7/5.
Taqqoslash uchun, mamlakatimizning ikkinchi raketkasi ayni paytda WTA reytingida 974, Xomucyanskaya esa roppa-rosa 900-pog'onadan joy olgan. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Ertaga Nigina turnirning birinchi raketkasi, rossiyalik Ekaterina Reyngoldga qarshi kortga chiqadi. Dunyoning 479-raketkasi bo'lib turgan Reyngold bugun birinchi davrada reytingning 1202-pog'onasida borayotgan vatandoshi Kira Bataykinadan 6/4, 6/4 hisobida ustun keldi.
Fikrlar