04 noy 07:22
Yangiliklar
Tennis
W15 Tashkent 2: Yakkalik yo'nalishidagi chempionlik kimga nasib etdi?
Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi kortlarida tennis bo'yicha ITF World Tennis Tour W15 Tashkent 2 xalqaro turniri yakunlandi.
Musobaqa 27 oktyabr — 2 noyabr kunlari oralig'ida bo'lib o'tdi.
Yakkalik finalida belaruslik neytral maqomdagi Darya Xomutyanskaya rossiyalik Darya Egorovani 3/6, 6/2, 6/2 hisobida mag'lub etib, yana chempionlik unvonini qo'lga kiritdi.
Turnir O'zbekiston tennis federaciyasi tomonidan ITF ko'magida tashkil etildi.






Havola :
Manba : t.me/utfuz
Fikrlar