06 iyu 13:04
Yangiliklar
Boks/MMA

WBA Gilermo Rigondo - Moyses Flores revansh jangini tasdiqladi
Butunjahon boks associaciyasi (WBA) birinchi yarim engil vazn toifasida WBA (Super) yo'nalishi chempioni kubalik 36 yoshli Gilermo Rigondo hamda davogar meksikalik 30 yoshli Moyses Flores o'rtasida revansh jangi o'tkazilishini tasdiqladi.
Avvalroq Nevada shtati Atletik komissiyasi (NSAC) bir ovozdan bu ikki bokschining 17 iyun kungi natijasini bekor qilgandi. Dastlab Rigondoning birinchi raundda raqibini nokaut evaziga mag'lub etgani qayd etilgandi.
Lekin vaziyat komissiya azolari tomonidan qayta ko'rib chiqilgach, jang natijasi bekor qilindi. Bunga Rigondoning zarbasi gong yangraganidan so'ng berilganligi sabab bo'lgan.
Bokschilarning promouterlari 30 kun ichida takroriy jang yuzasidan kelishib olishlari kerak. Aks holda promouterlar o'rtasida ochiq savdo amalga oshiriladi. Rigondo umumiy gonorarning 75 foiziga ega bo'ladi. Floresga esa gonorarning 25 foizi tegadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar