26 may 13:33
Yangiliklar
Boks/MMA

WBA Makgregor - Meyvezer jangiga aloqador bo'lishni istamadi
Butunjahon boks associaciyasi (WBA) anchadan beri o'tkazilishi kutilayotgan Konor Makgregor hamda Floyd Meyvezer o'rtasidagi jangga munosabatini bildirdi.
WBA ushbu jangning faqat ko'rgazmali bo'lish tarafdori. Tashkilot prezidenti Jilberto Mendosa aynan shunday bayonot bilan chiqdi. Mendosaning aytishicha, jangning rasmiy maqomga ega bo'lishi boks sport turining nufuziga salbiy tasir qilar ekan.
“Meyvezer va Makgregor - ularning har ikkisi ham ajoyib sportchilar. Floyd katta sportdan ketdi. Agar u qaytishni istasa, uning darajasidagi yaxshi bokschilar bor.
Bilmadim, bu jang o'tkaziladimi yoki yo'q. Lekin har qanday holatda ham WBA bu jangga aloqador bo'lmaydi.”, – dedi Mendosa.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar