07 okt 15:18
Yangiliklar
WBA reytingi yangilandi: Hasanboy Do'smatov qani?
Sentyabr oyi reytingidan 8 nafar bokschimiz o'rin olgan. Kutilmaganda o'tgan oyda 6-o'rinda bo'lgan ikki karra Olimpiada chempioni Hasanboy Do'smatov minimal vazn reytingidan chiqarildi.
Hamyurtlarimizdan Bektemir Meliqo'ziev va Muhammad SHexov o'z vazn toifalarida birinchi o'rinni o'zlarida saqlab qolishdi.
Bokschilarimizning WBA reytingidagi o'rni:
Hasanboy Do'smatov (minimal vazn) - reytingdan chiqarildi (o'tgan oyda 6-o'rinda edi (chempion - Rafael Rikardo);
Muhammad SHexov (birinchi yarim engil vazn) - 1-o'rinda qoldi (chempion - Naoya Inoue);
Murodjon Ahmadaliev (birinchi yarim engil vazn) - 3-o'rinda qoldi (chempion - Naoya Inoue);
Otabek Xolmatov (yarim engil vazn) - 9-o'ringa pastladi (o'tgan oyda 8-o'rinda edi) (chempion - Brendon Figuero);
Sirochbek Ismoilov (engil vazn) - 13-o'rinda qoldi (chempion - vakant);
Ruslan Abdullaev (birinchi yarimo'rta vazn) - 13-o'rinda qoldi (chempion Gari Rassel)
SHahram G'iyosov (yarim o'rta vazn) - 8-o'rinda qoldi (chempion - Jek Ketterall);
Isroil Madrimov (super yarim o'rta vazn) - 7-o'rinda qoldi (chempion - Jaron Ennis);
Bektemir Meliqo'ziev (super o'rta vazn) - 1-o'rinda qoldi (chempion - Jeymi Mungiya).

Fikrlar