02 avg 08:50
Yangiliklar
WBC “Brilliant kamar” taqdimotini o'tkazdi
Ushbu “Brilliant kamar” Butunjahon boks superseriyasi (WBSS) g'olibiga taqdim etiladi. CHempionlik kamarlariga supero'rta hamda og'ir vazn toifasidagi chempionlar ega chiqishadi.
Ikkita divizionda o'tkazilayotgan turnirda 8 nafar bokschi ishtirok etyapti. CHorak final janglari sentyabr oyida start oladi. G'oliblar 2018 yilning may oyida aniqlanadi. CHempionlik kamarining o'rtasiga afsonaviy Muhammad Alining ism-sharifi yozilgan.
Butunjahon boks superseriyasida birinchi og'ir vaznda WBO chempioni ukrainalik Aleksandr Usik (12-0, 10 KO), jahon chempionlari – Murat Gassiev (IBF), Mayris Briedis (WBC) va Yunier Dortikos (WBA Regular), shuningdek, Kshishtof Vlodarchik, Marko Xuk hamda Dmitriy Kudryashov “Brilliant kamar” uchun ringga chiqishadi.
Fikrlar