20 iyu 09:08
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/16093_220.jpg)
WBC chempioni engilmas Uaylderning raqibi malum, u ham hali yutqazmagan
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni amerikalik Deontey Uaylderning navbatdagi raqibi malum bo'ldi.
Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Uaylder (38-0, 37 KO) himoya jangini kubalik Luis Ortis (27-0, 23 KO)ga qarshi o'tkazadi. Ortis ham hali faoliyatida mag'lubiyatga uchramagan.
Katta ehtimol bilan ushbu chempionlik jangi 4 noyabr kuni AQSHning Bruklin shaharchasidagi Barclays Center arenasida bo'lib o'tadi. Ikkinchi variant sifatida 14 noyabr ham ko'rsatilgan.
Uaylder so'nggi bor shu yilning fevral oyida jang o'tkazgandi. O'shanda u Jerald Vashingtonni nokautga uchratgan edi. Luis Ortis esa o'tgan yilning dekabrida Devid Allenni mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar