19 iyu 15:28
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC: Fyuri Joshua bilan jang qilishi uchun ikkita jangda g'alaba qozonishi kerak
WBC prezidenti Maurisio Suleyman Tayson Fyuri va Entoni Joshua o'rtasida o'tkaziladigan jang bo'yicha o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bu haqida eshitdim. Lekin Tayson Joshua bilan jang o'tkazishi uchun Uaylder va Uaytlarni mag'lub etishi lozim. WBCning poziciyasi oddiy: Bizda chempion bor - Fyuri. U avvaliga Uaylder bilan, keyin esa majburiy davogar bilan jang qiladi.
Qaytarib o'tirmayman, Uayt "vaqtinchalik" chempion va majburiy davogar. U 2021 yilning fevraliga qadar chempionlik jangida ishtirok etishi lozim", - dedi Suleyman.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Uayt WBCni sudga bergani haqida xabarlar tarqalgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar