06 iyu 09:52
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC Fyurining navbatdagi ikki raqibi haqida malumot berdi: Joshua yo'q
WBC prezident Maurisio Suleyman superog'ir vazn toifasi chempioni Tayson Fyuriga qo'yilgan talablar haqida gapirdi.
"Buning atrofida gap-so'zlar ko'payib ketdi. Ammo, aniq poziciya bor. Biz Tayson ikkita jang o'tkazishi lozim deb hisoblaymiz. Avvaliga Deontey Uaylder bilan revansh. G'alaba qozonadigan bo'lsa keyin davogar Uayt bilan jang.
Ushbu holatni o'zgartirib yuborishi mumkin bo'lgan omillarham bor, lekin biz o'z poziciyamizni elon qildik va aynan ushbu variantni maqullaymiz", - dedi Suleyman.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar