23 avg 12:03
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC Silver kamari sohibi Qudratullo Abduqahhorov navbatdagi jangini O'zbekistonda o'tkazadi
Bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov navbatdagi jangini Toshkentda o'tkazadigan bo'ldi.
14 oktyabr kuni Toshkentda tashkil qilinadigan jang oqshomida Qudratillo zimbabvelik CHarles Manyuichiga qarshi ringga ko'tariladi.
Takidlab o'tish lozimki, bokschimiz WBC Silver kamarini aynan undan tortib olgandi. O'sha jangda Abduqahhorov raqibini nokautga uchratgan. Endi, o'zaro kelishuvga ko'ra tomonlar revansh tashkil qilmoqchilar.
Malumot uchun, Qudratillo bugungi kungacha 12 ta jang o'tkazgan va ularning barchasiga g'alaba qozongan. Ushbu janglarning 8 tasida u raqiblarini nokautga uchratgan.
Manyuichi esa 25 ta jangdan 21 tasida g'alaba qozongan (12 ta nokaut). 3 ta jangda mag'lubiyatga uchragan bo'lsa, yana bittasi jangida g'olib aniqlanmagan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar