07 may 09:29
Yangiliklar
Boks/MMA

WBO chempioni Parker ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi
Yangi Zelandiyada navbatdagi professional boks kechasi tashkil etildi.
Oqshomning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni bo'lib turgan zelandiyalik 25 yoshli Jozef Parker ishtirokida bo'lib o'tdi.
Parker o'z muxlislari ko'z o'ngida ruminiyalik davogar 30 yoshli Razvan Kojanuga qarshi ringga ko'tarildi. Razvan jarohat olgan britaniyalik bokschi Xyui Fyurini almashtirgan edi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan jang g'olibi ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. Yakunda Parker 119-108, 117-110, 117-110 hisobida g'alaba qozonib, chempionlik kamarini himoya qildi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar