06 iyu 11:45
Yangiliklar
Boks/MMA

WBO Pakyao - Xorn jangi yuzasidan rasmiy bayonot berdi
Butujahon boks tashkiloti (WBO) Menni Pakyao va Jeff Xorn o'rtasidagi jangni qayta ko'rib chiqishni istamayapti.
O'tgan yakshanba kuni o'tkazilgan chempionlik jangida hakamlar mezbon, yani avstraliyalik bokschiga g'alabani taqdim etishgandi. Filippinlik bokschi esa bundan norozi bo'lib, WBO tashkilotiga jangni qayta ko'rib chiqish bo'yicha rasman murojaat qilgan edi.
“Hakam yoki referining
qarorini o'zgartirmaymiz. Jang natijasiga tasir qiluvchi tashqi omillarni
sezmadik. Qonunga zid ish ham bo'lmadi. SHartnomada revansh jangini o'tkazish bo'yicha
band bor. Endi bu masalani promouterlar hal qilishadi”, - deyiladi WBO
tashkilotining bayonotida.
Havola :
Fikrlar