22 may 10:50
Yangiliklar
Boks/MMA

WBO reytingi. Qudratillo o'z o'rnida qoldi
Butunjahon boks tashkiloti (WBO) may oyi uchun bokschilarning yangilangan reytingini elon qildi.
O'zbekistonlik bokschilar ichida mazkur reytingda yuqori pog'onalarda faqatgina Qudratillo Abduqahhorovni ko'rishimiz mumkin.
Yarimo'rta vazn (66,67 kg) toifasida janglarda ishtirok etayotgan Qudratillo may oyi uchun WBO tomonidan elon qilingan reytingda o'tgan oydagi kabi to'qqizinchi o'rinda qoldi.
U ayni paytda IBF yo'nalishida chempionlik kamari uchun rasmiy davogar hisoblanadi va birinchi o'rinni egallab turibdi. WBC yo'nalishida esa to'rtinchi o'rindan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar