03 iyu 10:46
Yangiliklar
Boks/MMA

World MMA Awards. Yilning "Eng yaxshi erkak jangchisi" nominaciyasiga davogarlar malum
Xabar berganimizdek, yillik xalqaro World MMA Awards premiyasi uchun bir nechta nominaciyalarda davogarlar ro'yxati malum qilindi.
Jumladan, "Eng yaxshi erkak jangchi" nominaciyasida ikki vaznda sobiq UFC chempioni Genri Sexudo, shuningdek, Israel Adesanya, Jastin Getji, Xorxe Masvidal va Duglas Lima davogarlar sifatida etirof etildi.
Sexudo faoliyatini yakunlaganini, Masvidal esa tashkilotdan ketmoqchi ekanligini elon qilgandi. Getji davogarlar jangida Toni Fergyusonni chiroyli tarzda muddatidan avval mag'lub etib, yaxshigina shov-shuv ko'targandi.
Nomlari tilga olingan jangchilardan biri World MMA Awards talqiniga ko'ra "Yilning eng yaxshi erkak jangchisi" deb topiladi. G'oliblar jami 22 ta nominaciya bo'yicha aniqlanadi. Taqdirlash marosimining rasman qachon va qaerda o'tkazilishi keyinroq elon qilinadi.
Havola :
Fikrlar