07 may 09:34
Yangiliklar
WTA reytingi. Nigina Abduraimova 46 pog'onaga pastladi, Milana ko'tarildi
Dunyo tennis malikalari Top-10`taligida bir nechta o'zgarish, aniqrog'i o'rin almashishlar kuzatildi. CHexiyalik Marketa Vondroushova xitoylik CHjen Cinven o'zaro o'rin almashib olishdi. Polshalik Iga Svyontek hamon juda katta farq bilan reyting karvonboshisi bo'lib turibdi. U yakshanba kuni Madriddagi WTA 1000 turnirida bosh sovrinni qo'lga kiritganidan keyin ikkinchi o'rindagi Arina Sobolenkodan yaxshigina o'zib ketdi. Iga finalda aynan Arinani mag'lub etgandi.
Yangilangan reytingda uch nafar tennischimizning birida pasayish kuzatildi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova 46 pog'onaga pastlab, ayni paytda 278-o'rinni band etib turibdi. Sevil Yuldasheva o'tgan haftadagi o'rnini saqlab qoldi. Milan Maslenkova esa 8 pog'onaga yuqoriladi.
WTA reytingi. 6 may kungi holat:
1. (1) Iga Svyontek (Polsha) - 10910 ochko
2. (2) Arina Sobolenko (Belarus) - 7498
3. (3) Kori Goff (AQSH) - 7313
4. (4) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 6673
5. (5) Jessika Pegula (AQSH) - 4655
6. (7) Marketa Vondroushova (CHexiya) - 4090
7. (8) CHjen Cinven (Xitoy) - 3945
8. (6) Mariya Sakkari (Greciya) - 3925
9. (9) Ons Jaber (Tunis) - 3748
10. (10) Elena Ostapenko (Latviya) - 3493
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
278 (232). Nigina Abduraimova – 56
1117 (1117). Sevil Yo'ldosheva – 12
1365 (1373). Milana Maslenkova – 3
Fikrlar