10 iyu 10:52
Yangiliklar
WTA reytingi. Qirolicha Svyontek, "Rolan Garros" vice-chempioni Top-10`da, tennischimiz 271 pog'ona pastladi
Dunyo tennis malikalari Top-10`taligida bir nechta o'zgarish kuzatildi. "Rolan Garros" turniri vice-chempioni, italiyalik Jasmine Paolini 15-pog'onadan 7-o'ringa ko'tarilib oldi. Amerikalik Daniel Kollinz yana Top-10`dan chiqib ketdi.
Yana bir AQSH vakilasi Koko Goff esa dunyoning ikkinchi raketkasiga aylanib oldi. Polshalik Iga Svyontek hamon juda katta farq bilan reyting karvonboshisi bo'lib turibdi. Aynan u qatorasiga uchinchi marotaba "Rolan Garros" chempioniga aylangan edi.
Yangilangan reytingda uch tennischimizdan ikki nafari pastladi. Milana Maslenkova endi O'zbekistonning ikkinchi raketkasi. Garchi Milana va Sevil birdek 1371-pog'onadan joy olishgan bo'lsa-da, rasman Maslenkova mamlakatimizning ikkinchi raketkasi sifatida qayd etilgan. Yuldasheva 271 pog'ona pastga "qulagan". Yurtimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova avvalgi o'rnini saqlab qoldi.
WTA reytingi. 10 iyun kungi holat:
1. (1) Iga Svyontek (Polsha) - 11695 ochko
2. (3) Koko Goff (AQSH) - 7988
3. (2) Arina Sobolenko (Belarus) - 7788
4. (4) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 5973
5. (5) Jessika Pegula (AQSH) - 4625
6. (6) Marketa Vondroushova (CHexiya) - 4503
7. (15) Jasmine Paolini (Italiya) - 4068
8. (8) CHjen Cinven (Xitoy) - 4005
9. (7) Mariya Sakkari (Greciya) - 3980
10. (9) Ons Jaber (Tunis) - 3748
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
298 (298). Nigina Abduraimova – 230
1371 (1358). Milana Maslenkova – 3
1371 (1100). Sevil Yo'ldosheva – 3
Fikrlar