04 sen 17:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib 2 kun ichida 6 kg vazn tashlashi shart!
Rossiyalik aralash qoidalar jangchisi Xabib Nurmagomedov Dastin Porega qarshi bo'ladigan janggacha 6 kg vazn tashlashi lozim.
Rasmiy vazn o'lchash marosimi 6 sentyabr kuni bo'ladi. Pore va Xabibning vazni 70 kilogrammdan ortib ketmasligi lozim.
"Xabib kecha 76 kg vazn ko'rsatdi. Yana 4 ta mashg'ulot qoldi. Ularning har birida 1,5 kg vazn yo'qotish lozim", - dedi Xabibning jamoadoshi.
Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov va Dastin Pore o'rtasidagi jang 7 sentyabr kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar