30 iyu 17:01
Yangiliklar
Boks/MMA

"Xabib 30-0 rekordi bilan faoliyatini yakunlaydi"
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov yana ikkita jang o'tkazganidan so'ng faoliyatini yakunlashi mumkin.
Bu haqida chempionning menejeri Ali Abdul-Aziz xabar berdi. Uning so'zlariga ko'ra, Nurmagomedov UFCda yana ikkita jang o'tkazadi va shunday so'ng faoliyatini yakunlaydi.
"Jastin — oddiy chorlov emas. Bu Xabib uchun engil jang bo'lmaydi. Mijozim otasi kasalxonada yotgan paytida ham mashg'ulotni tashlab qo'ygani yo'q. Uning bosh maqsadi - 30-0. U bu vazifani uddalay oladi", — deya Abdul-Azizning so'zlarini keltirmoqda South China Morning Post.
Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov hisobida 28 ta jang bor. U bu janglarning barchasida g'alabaga erishgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar