19 may 14:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Dog'iston xalqiga murojaat qildi
Rossiyalik UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Dog'iston xalqini uyda qolishga chorladi.
"Butun Dog'iston xalqiga jiddiy murojaat bilan chiqmoqchiman. Bizda kasallik juda qiyin o'tmoqda, ko'plab odamlar kasal, shifoxonalar bemorlar bilan to'lgan, odamlar o'lib ketmoqda, sharoit yomon. Bunday og'ir vaqtda birlashishimiz lozim. Kelinglar, haqiqiy chechen kuchini ko'rsataylik. Birlasha olsak, bu ofatdan qutilishimiz mumkin.
Hammamiz shifokorning aytganlarini so'zsiz bajaraylik. Ular bizni kasal bo'lishimizni istashmaydi. Barchamiz uyda qolishimiz va karantinga amal qilishimiz shart. Faqat shu virusdan qutilishimiz imkonini beradi. O'nlab mamlakatlar shu orqali virusdan qutilishga erishdilar, biz ham shunday qilishimiz kerak", - deydi Xabib o'z murojaatida.
Havola :
Manba : match.tv
Fikrlar