07 may 12:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib faqat bitta shart bilan Konorning qo'lini siqishini malum qildi
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov qachon Konor Makgregor bilan ko'rishishi mumkinligini aytdi.
“Konor bilan qo'l berib ko'rishish? Hozirgi vaqtda bu ishni amalga oshira olmayman. Beayb Parvardigor. Biz barchamiz xato qilamiz, buni to'g'ri tushunsa bo'ladi. Lekin odam xatolaridan saboq chiqarmay yana xato qilishda davom etaversa, bundaylarni kechirib bo'lmaydi.
Konor har bir qilgan ishlarini yaxshilab o'ylab, xulosa chiqarishi lozim. Agar u to'g'rilansa, Konor bilan qachondir qo'l berib ko'risharman”, - dedi Xabib.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar