19 iyu 12:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib - Getji jangi qachon bo'lishi malum
Engil vazn toifasida UFC chempionlari Xabib Nurmagomedov va Jastin Getji o'rtasidagi jang yilning so'nggida tashkil etiladi.
Bu haqida Xabibning menejeri Ali Abdel-Aziz malum qildi.
“Xabib hech qaerga ketmaydi. Uni hali qiladigan ishlari etarli. Biz Dana Uayt bilan navbatdagi jang uchun to'g'ri kunni belgilash borasida bosh qotirmoqdamiz. Xabib yilning so'nggida yana oktagonga qaytadi. Bizni haqiqiy jang kutmoqda. Xabib va Getji bahsi daxshat bo'lishi aniq”,-dedi Ali Abdel-Aziz.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Xabib va Getji jangi 19 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan UFC 253 kechasida tashkil etilishi aytilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar