11 iyu 10:01
Yangiliklar

"Xabib Getjini mag'lub etsa, vaznini o'zgartiradi"
Bu haqida uning menejeri Ali Abdel-Aziz xabar berdi. Uning so'zlariga ko'ra, Xabib Konor Makgregor bilan jang o'tkazishni istamayapti.
"Jastin Getji Toni Fergyusonni mag'lub etganidan keyin men Xabibga shunday dedim: "Rostini aytaman: Getjidan ko'ra Makgregor bilan jang o'tkazsak, ko'proq pul ishlab olasan. Xabibning javobi esa shunday bo'lgandi: "Ota-onam menga yaxshi tarbiya berishgan. Oilam va sportdagi obro'yim menga puldan ustun".
SHundan kelib chiqib aytishim mumkinki, Xabib Jastinni mag'lub etganidan so'ng Konor bilan jang qilmaslik uchun ham yarim engil vazn toifasiga o'tadi. Men uni yana Makgregor bilan jang qilishga majburlay olmayman. Unga qo'shimcha 20 yoki 30 million evro kerak emas. SHu sababli ham Xabib Konorga yana bir bor imkoniyat beradi deb o'ylamayman", - deya Abdel-Azizning so'zlarini keltirmoqda ESPN.
Fikrlar