21 noy 19:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib ishtirokidagi "face to face" marosimiga chipta olganlar diqqatiga!
UFC chempioni va yulduzi Xabib Nurmagomedovning Toshkentga tashrifi kun mavzusiga aylandi.
Xabar berganimizdek, bugun Toshkent Siti hududida joylashgan muhtasham "Kongress Xoll"da o'tkazilishi belgilangan matbuot anjumanining vaqti va manzili o'zgartirilgandi.
Xabib ishtirokidagi matbuot anjumanidan so'ng aynan shu erda GFC 20 turnirida oktagonga chiquvchi jangchilarning "face to face" marosimi ham o'tkazilishi kerak edi. Bu marosimga xatto chiptalar ham sotilgandi.
Tashkilotchilarning bizga xabar berishlaricha, xarid qilingan chiptalar bilan ertaga matbuot anjumani va "face to face" marosimi o'tkaziluvchi "Forumlar saroyi"ga kirish mumkin bo'ladi. Yani, chiptalar o'z kuchida qoladi. Tashkilotchilar bu ko'ngilsiz holat uchun ham uzr so'rashadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar