21 mar 10:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Islam Maxachevni kamar uchun oktagonga ko'tarilishini aytdi. Jang sanasi malum
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov 22 oktyabr kuni Abu-Dabidagi "Etixad Arena"da bo'lib o'tadigan UFC 281 tunirining rasmiy eloniga munosabat bildirdi.
"Islam Maxachevning kamar uchun jangi",- deb yozdi rossiyalik jangchi ijtimoiy tarmoqlarda raqamlangan turnirning posterini joylashtirib.
Engil vazn toifasida UFC reytingida uchinchi pog'onani egallab turgan Islam Maxachev chempionlikka davogarlik jangida divizionning to'rtinchi o'rinini band qilgan Benil Dariushga qarshi to'qnash kelishi kerak. Bu haqda avvalroq UFC prezidenti Dana Uayt malum qilgandi.
Eslatib o'tamiz, 30 yoshli Islam Maxachev o'nta g'alabali seriyani qayd etgan. So'nggi bor Maxachev fevral oyida amerikalik Bobbi Grinni texnik nokaut bilan mag'lub qilgandi.
Havola :
Manba : Fightnews
Fikrlar