10 noy 11:29
Yangiliklar
Boks/MMA

"Xabib kelasi jangini Rossiyada o'tkazishi mumkin"
UFCning vice-prezidenti Devid SHou Xabib Nurmagomedov navbatdagi jangini Rossiyada o'tkazishi mumkinligi haqida gapirib o'tdi.
"Xabibning keyingi jangi Rossiyada o'tkazilishi mumkin. AQSH bilan oradagi vaqt farqi katta ekanligiga qaramay, buni amalga oshirishning imkoni bor.
Umid qilamanki, Xabib va Las-Vegas o'rtadagi tushunmovchilikni bartaraf etadi va biz u erda ham jangini tashkil qila olamiz", - dedi SHou.
Avvalroq, Nurmagomedov unga million dollarni qaytarmagunlaricha, Las-Vegasda jang qilmasligini aytib o'tgandi.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar