18 avg 12:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabib Kormeni qo'llab-quvvatladi
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov klubdoshi Daniel Kormeni Stipe Miochichdan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng qo'llab-quvvatladi.
"G'olibning do'stlari ko'p bo'ladi, mag'lub bo'lgan sportchining faqat haqiqiy do'stlari qoladi. Boshingni baland ko'tar, sen chempionsan. Butun dunyoga Korme qanday jangchi ekanligini isbotlab bo'lgansan. Oktagonga ko'tarilgan sportchilar orasida eng zo'rlaridan biri bo'lib qolasan",-deb yozib qoldirgan Xabib o'zining "Instagram" sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Daniel Korme Stipe Miochichga qarshi kechgan bahsning to'rtinchi raundida nokautga uchrab, kamaridan mahrum bo'lgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar