So’nggi yangiliklar

11:08UzChess Cup III. Нодирбекларда аламли мағлубият. Бугун Мадаминов ёки Воҳидов чемпион бўлиши мумкин 0 10:42Оз қолди! Ўзбекистон МТЖнинг навбатдаги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:07UFC White House. Марказий жанг муддатидан олдин тугади 0 09:41Красноярскдаги турнирни 5 та медаль билан якунладик, Азаматова чемпион! 0 09:06Алекс Перейрани чемпионлик жангида нокаут қилишди 0 08:4972 йилдан сўнг ЖЧда ушбу ҳолат яна бир бор содир бўлди 0 08:28Оқ уй: Шон О'Мэлли иштирокидаги жанг ҳам муддатидан аввал якунланди 0 08:11Деррик Льюис Оқ уйда жанг қилди 0 07:18UFC Freedom 250. Майкл Чендлерни биринчи раунддаёқ нокаут қилишди 0 17:59Ян Облак "Атлетико”дан бошқа клубга ўтиши мумкин 0 17:30Улар муҳаббат шаҳрида + ФОТО 0 16:54Кэти Тэйлорнинг хайрлашув жангига чипталар 30 дақиқада сотиб бўлинди 0 16:26Тошкентда ўтган Octagon 87 турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:55Рафинья "Барселона" бўйича қарор қабул қилди 0 15:28Топурия Махачев билан жанг учун даҳшатли сумма сўраган экан 0

16 mar 14:11
Yangiliklar

Boks/MMA

Xabib mashg'ulot o'tkazayotgan AKA zali yopilishi mumkin

Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning mashg'uloti to'xtatilishi mumkin.

Bunga Kaliforniya shtati merining chiqargan qarori sabab bo'lmoqda. Xabib shug'ullanayotgan AKA zali San-Xose shahrida joylashgan. Bu shahar Kaliforniya shtatining Santa-Klara okrugiga qarashli. Santa-Klara meriyasi 100 kishi to'planadigan barcha turdagi tadbirlar, xususan xususiy sport zallarini yopish bo'yicha qaror chiqargan.

Bayonotda aytilishicha, 35 kishidan 100 kishigacha qatnashadigan har qanday tadbir uchun alohida talablar bor. Buning uchun infekcion xavfsizlikni taminlashga kafolat berishlari shart. Ushbu taqiq 15 martdan kuchga kirdi va kamida uch hafta davom etadi. 

Malumot uchun, Santa-Klara okrugida COVID-19 virusi bilan bog'liq 79 ta holat aniqlangan. Kaliforniya shtatining o'zida esa bu ko'rsatkich 335 ni tashkil qilmoqda. Bugun Kaliforniyaning eng katta shahri - Los-Anjelesda mer buyrug'i bilan katta-kichik har qanday tadbirlar, sport zallarining faoliyati to'xtatildi. Bu taqiq oy oxirigacha amalda bo'ladi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing