15 avg 10:54
Yangiliklar
Xabib Maxachevning Gerri manziliga aytgan gaplaridan norozi
Biroq Xabib Nurmagomedov jamoadoshining bu qo'pol xatti-harakatini maqullamadi.
"Birodar, rostini aytsam, men u erda umuman hech narsani eshitmadim va u nima deganini tushunmadim. SHu sababdan ham shunday bo'lib qoldi. Hech qanday hurmatsizlik yo'q", — deb tushuntirdi Maxachev.
"Men bir yil davomida ularga ingliz tili o'qituvchilarini yollab berdim, lekin ular hech narsa o'rganishmadi. Yen Gerri u haqida juda yaxshi gapirdi, u esa unga: "Jim tur, ovozingchi o'chir", dedi. Birodar, mehribonroq bo'l. Bazida kimdir senga yoqmasligi mumkin, lekin inson senga hurmat ko'rsatayotgan bo'lsa, hech bo'lmaganda jim tur. Unga "Jim tur" deyish kerak emas edi", — dedi Nurmagomedov.
"Men hatto o'zimni ham eshitmadim, og'ayni, chunki u erdagi omma shunchaki aqldan ozayotgan edi. Qolaversa, odam gapirayotganda, kimdir aralashib, gapini bo'lishi yaxshi emas", — deb javob berdi Maxachev Xabibga.

Fikrlar