17 avg 09:00
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabib Maxachevning kechagi g'alabasiga ilk bor munosabat bildirdi
Kecha AQSHning Filadelfiya shahrida MMA bo'yicha UFC 330 turniri o'tkazildi.
Turnir markaziy jangida yarim o'rta vazn toifasidagi rossiyalik amaldagi chempion Islam Maxachev Irlandiya vakili Yen Machado Gerri bilan bahs olib borib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi.
«Yutuq» — shunday so'zki, sportda u alohida ahamiyatga ega. Islam va «yutuq» so'zlari esa sinonimdek))) U ushbu sport turida erishish mumkin bo'lgan barcha yuksak cho'qqilarni zabt etdi, UFC tarixidagi g'alabali seriyalar rekordini yangiladi va haqli ravishda oktagonga chiqqan eng buyuk atletlardan biri hisoblanadi. Alloh taolo seni doimo o'z panohida asrasin, yaxshilik va barakada saqlasin, birodar», deb yozgan Xabib o'z ijtimoiy tarmoq sahifalarida.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar