13 dek 16:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Meyvezer bilan jang haqidagi savolga javob berdi
UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Floyd Meyvezerga qarshi ehtimoliy jangi haqida fikr bildirdi.
"Men aprel oyida jang qilaman. Ammo boks va Meyvezer haqida hozir o'ylamayapman. Oldimda jiddiy raqib turibdi. Avval ushbu sinovdan o'tib olishim kerak, keyin bu haqida o'ylab ko'rsak bo'ladi.
Boks uning sport turi va butun umri davomida shug'ullanib kelmoqda. Uning bu boradagi ko'rsatkichi ajoyib: 50 ta jang - 50 ta g'alaba. Meyvezer barcha davrlarning eng zo'r bokschilaridan biri. Aynan boksda unga qarshi qiyin bo'ladi", - dedi Nurmagomedov.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar