15 mar 09:29
Yangiliklar

Xabib nima uchun Eagle FC promoushenini ochganini ochiqladi
"Bilmadim, nima uchundir matbuot meni Bellator hamda UFC promoushenlari prezidentlari Skott Koker va Dana Uayt bilan taqqoslaydi, urishtirishga harakat qiladi. Men Skott Kokerni anchadan beri bilaman. U San-Xosedan, men ham o'zimni San-Xoselik deb hisoblayman. CHunki, u erda 10 yildan beri mashg'ulot o'tkazaman. Birga notushta va kechki ovqat uchun yig'ilamiz. Dana esa menga amakimdek bo'lib qolgan.
Ular bilan munosabatlarim sizlar o'ylagandan ham alo darajada. Men shunchaki o'z promoushenim orqali yulduzmi, yoshmi, boshqa jangchilarga ham imkoniyati taqdim etyapman. O'rtamizda hech qanday urush yo'q. Men UFC va Bellator bilan urishmoqchi emasman", — dedi Xabib Macamidagi Eagle FC turniridan keyingi matbuot anjumanida.
Fikrlar