13 jan 18:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov: "4 mart kuni UFC kamarini o'zimniki qilib olaman"
Xabib Nurmagomedov Toni Fergyusonga qarshi jang haqida gapirar ekan, o'zini qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildirib o'tdi.
"4 mart kuni orzuim amalga oshishi uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman. Nihoyat, kamar uchun jang qilish imkoniyatim paydo bo'ldi. Meni qo'llab-quvvatlab turgan barchaga o'z minnatdorchiligimni bildiraman", - deydi sportchi.
Eslatib o'tamiz, Nurmagomedov - Fergyuson jangi 4 mart kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadi. G'olib UFCning engil vazndagi vaqtinchalik chempioniga aylanadi va Konor MakGregor bilan jang qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar